12 may 15:01
Yangiliklar
Tennis

Madrid Open. SHapovalov ham yarim finalga chiqdi
Ispaniya poytaxti Madrid shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 7 435 455 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Kanadalik Denis SHapovalov 2 soatu 28 daqiqa davom etgan chorak final bahsida britaniyalik Kayl Edmundni 7:5, 6:7(6), 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, 19 yoshli Denis dunyo reytingida 43, 22 yoshli Edmund esa 23-o'rinni egallab turibdi. Bugun SHapovalov final chiptasi uchun bahsda dunyoning uchinchi raketkasi germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar