12 may 13:59
Yangiliklar
Tennis

Madrid Open. Zverev yarim final ishtirokchisiga aylandi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 7 435 455 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi va shu bilan birga amadagi chempion Rafael Nadalning mag'lubiyatga uchragani haqida xabar bergan edik.
Nadalning musobaqani tark etishi Aleksandr Zverevning chempionlik uchun imkoniyatini oshirib yubordi. Germaniyalik tennischi dunyoning uchinchi raketkasi hisoblanadi. U 78 daqiqa davom etgan chorak final bahsida dunyoning to'qqizinchi raketkasi amerikalik Jon Iznerni 6:4, 7:5 hisobida engdi.
Havola :
Fikrlar