14 may 08:01
Yangiliklar
Tennis

Madrid (WTA). CHempion Kvitova 1,190,490 evro ishlab oldi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi nufuzli Mutua Madrid Open turniri ham yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 8 000 930 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning final uchrashuvida WTA reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan Petra Kvitova bosh mukofot sohibasiga aylandi.
CHexiyalik tennischi 2 soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda reytingda 20-pog'onadan joy olib turgan gollandiyalik Kiki Bertensni 7:6(6), 4:6, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok Kvitovaga 1 million 190 ming 490 evro mukofot puli ahamda 1000 reyting ochkosini keltirdi.
Havola :
Fikrlar