11 may 12:58
Yangiliklar
Tennis

Madrid (WTA). Dunyoning birinchi raketkasi to'xtadi
Xabar berganimizdek, Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 8 000 930 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Dunyoning birinchi raketkasi Simona Xalep chorak final bosqichida o'z yurishini to'xtatishga majbur bo'ldi.
Ruminiyalik tennis malikasi WTA reytingida oltinchi o'rinni egallab turgan chexiyalik Karolina Plishkovaga 1 soatu 9 daqiqa davom etgan uchrashuvda 4:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Plishkova final chiptasi uchun hamyurti Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar