12 may 15:43
Yangiliklar
Tennis

Madrid (WTA). Kvitova bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Xabar berganimizdek, Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 8 000 930 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada final ishtirokchilari malum bo'ldi. Yarim finallarning biri chexiyalik tennischilar o'rtasida o'tkazildi.
Unda WTA reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan Petra Kvitova hamyurti dunyoning oltinchi raketkasi Karolina Plishkovani 1 soatu 43 daqiqa davom etgan uchrashuvda 7:6(4), 6:3 hisobida mag'lub etdi. Kvitova final bahsida gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar