11 may 11:16
Yangiliklar
Tennis

Madrid (WTA). SHarapova 1/4 final uchrashuvida kortga chiqdi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Mutua Madrid Open turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 8 000 930 dollarni tashkil qiluvchi musobaqada yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi. Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova chorak final uchrashuvida gollandiyalik Kiki Bertensga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 5 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 52-o'rinni egallab turgan SHarapova 20-pog'onadan joy olgan raqibasiga 6:4, 2:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi Bertens yarim finalda franciyalik Karolin Garsiyaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar