09 may 10:52
Yangiliklar
Tennis

Maftunkor Svitolina Madriddagi ishtirokini yakunladi
Ispaniya poytaxti Madrid shahrida tennis bo'yicha nufuzli Premier Mandatory turniri davom etmoqda.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lgan Elina Svitolina ikkinchi davradayoq musobaqadagi ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ldi. Ukrainalik tennis malikasi ispaniyalik Karla Suares Navarroga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
WTA reytingida 25-o'rinni egallab turgan 29 yoshli Navarro 2 soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda kuchli raqibasini 2:6, 7:6(3), 6:4 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ikki tennischi o'rtasidagi o'zaro uchrashuvlar 3:3 hisobida bo'lib turgandi. Endi Suares oldingi chiqib oldi.
Havola :
Fikrlar