07 mar 09:12
Yangiliklar

Maftunkor Svitolina Nyu-Yorkdagi turnir g'olibasiga aylandi
Svitolina ilk uchrashuvda Vinus Uilyamsni 10:3 hisobida mag'lub etdi. CHorak finalning qolgan bahslarida amerikalik Koko Vandervey va Serena Uilyams hamda xitoylik CHjan SHuay zafar quchishdi.
CHorak final uchrashuvlari:
Elina Svitolina – Vinus Uilyams 10:3
Koko Vandervey – Daniela Xantuxova 10:7
Serena Uilyams – Marion Bartoli 10:6
SHuay CHjan – Sorana Kirstya 10:4
Elina yarim finalda kort egasi Vanderveyga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 10:0. Ikkinchi 1/2 finalda CHjan SHuay Serena Uilyamsdan 13:11 hisobida ustun keldi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida esa ukrainalik tennischi CHjan SHuayni 10:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Elina Svitolina ushbu g'alabasi evaziga 250 000 dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Fikrlar