26 fev 08:44
Yangiliklar

Maga Ismailov - Durodola jangi to'liq davom etdi
Moskva shahrida professional boks hamda qo'lqopsiz janglar shousi bo'lib o'tdi.
Boks oqshomining markaziy jangida rossiyalik taniqli aralash yakkakurash ustasi Magomed Ismailov nigeriyalik bokschi, Pekin Olimpiadasi ishtirokchisi, hozirda policiya mahkamasida ishlayotgan Olanrevaju Durodolaga qarshi ringga ko'tarildi.
To'rt raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar bir ovozdan 40-36, 40-36, 40-36 hisobida g'alabani Ismailovga taqdim etishdi. Maga ilk bor boksda jang o'tkazdi. Ismailov MMAda 18 g'alaba, 3 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan. Durodola esa boksda 37 g'alaba va 10 mag'lubiyatga ega. Nigeriyalik so'nggi uch yildagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar