25 avg 17:19
Yangiliklar
Boshqalar

Sport vaziri o'rinbosari "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Sport vaziri o'rinbosari Murod Ismailov "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri, mamlakat og'ir atletika federaciyasi raisi SHerzod Xidoyatov "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan quruvchi" faxriy unvoniga loyiq ko'rildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar