13 jan 13:16
Yangiliklar
Tennis

Maksim Mirniy 1000-g'alabasiga erishdi
Belaruslik tajribali tennischi Maksim Mirniy faoliyatidagi 1000-g'alabasini qo'lga kiritdi.
O'z vaqtida hamyurtimiz Denis Istomin bilan bir necha bor juftlik bahslarida ishtirok etgan Mirniy ham yakkalik, ham juftlik uchrashuvlarini qo'shib hisoblaganda roppa-rosa 1000-g'alabasiga erishdi.
U bugun Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida yakuniga etgan ATP turnirining juftlik bahslari yarim finalida avstriyalik Filip Osvald bilan birgalikda ushbu g'alabani tantana qilishdi. Lekin final uchrashuvida bu juftlik mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar