08 apr 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Manba: Inouening Las-Vegasdagi jangi uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi deyarli muvaffaqiyatsizlikka uchradi
Jurnalist Rik Gleyzer ikkinchi eng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue va amerikalik Ramon Kardenas o'rtasidagi jangning chiptalar sotuvi qanday ketayotgani haqida malumot berdi.
"Ko'p manbalarga ko'ra, ESPN telekanalida namoyish etiladigan 4 may kuni Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida bo'lib o'tadigan Inouening jangi uchun chiptalar sotuvi deyarli pasayib ketgan. Inoue jamoasi reklama kampaniyasi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan jiddiy noroziligini bildirmoqda. Promouterlar orasida esa faqatgina Top Rank bor. Eng yuqori darajadagi boks shunday holatda", deb yozgan Gleyzer.
Malumot o'rnida, bu boks oqshomida Inouening keyingi raqibi bo'lishi kutilayotgan o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev ham ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : ua.tribuna.com
Fikrlar