16 iyu 15:00
Yangiliklar
Futbol

"Manchester Yunayted" AQSHdagi turnirni yirik g'alaba bilan boshladi
"Manchester Yunayted" klubi AQSHda bo'lib o'tadigan Xalqaro CHempionlar Kubogi (International Champions Cup) turnirini "Los-Anjeles Gelaksi"ga qarshi bahs bilan ochib berdi.
Uchrashuv "Qizil iblislar"ning ustunligida o'tdi. Ilk daqiqalardan hujumga otlangan Markus Rashford 3-daqiqadayoq o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Bahsning 20-daqiqasida yana o'sha Rashford gol urib, dubl qayd etdi.
"Los-Anjeles Gelaksi" - "Manchester Yunayted" 2:5
Gollar: Jovanni dos Santos 80, 88 - Markus Rashford 3, 20, Maruan Fellayni 26, Genrix Mxitaryan 67, Antoni Marsyal 72.
"Manchester Yunayted": De Xea (J. Pereyra, 46) - Valensiya (Darmian, 46), Smolling, (Bayi, 46) Jons (Lindelef, 46), Blind (Fosu-Mensa, 46; Mitchell, 85) - Fellayni (Pogba, 46), Kerrik (Tuanzebe, 46), Errera (A. Pereyra, 46), Mata (Mxitaryan, 46), Lingard (Marsyal, 46) - Reshford (Lukaku, 46).
Havola :
Fikrlar