25 may 07:38
Yangiliklar
![](/upload/storage/13244_220.jpg)
"Manchester Yunayted" - Evropa ligasi g'olibi!
Evropa Ligasining hal qiluvchi final uchrashuvida tajriba baribir o'z so'zini aytdi. Avvaliga Pol Pogba, keyin esa Genrix Mxitaryan Onana qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi. Aynan mana shu ikki gol "Qizil iblislar"ga Evropa Ligasi kubogini taqdim etdi.
Bu bilan "MYU" kelasi mavsumda Evropa CHempionlar ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Musobaqada yosh tarkib bilan qatnashgan "Ayaks" uchun ham finalga etib kelish yaxshi natija bo'ldi, deyish mumkin.
Ayaks Gollandiya – Manchester Yunayted Angliya 0:2
Frends Arena
Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)
Gollar: 0:1 – 18 Pogba, 0:2 – 48 Mxitaryan.
Ayaks – Onana, Sanches, Ridevald (de Yong, 82), Veltman, Ziesh, de Ligt, SHene (van de Bek, 70), Klassen, Yunes, Traore, Dolberg (Neres, 62).
Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Smolling, Darmian, Blind, Pogba, Errera, Mata (Runi, 90), Fellayni, Mxitaryan (Lingard, 74), Reshford (Marsyal, 84).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (31), Fellayni (52), Veltman (58), Yunes (64), Mata (78), Ridevald (78).
Fikrlar