04 okt 12:01
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/89226_220.jpg)
“Manchester Yunayted” safardagi 10 ta o'yindan beri yuta olmayapti
Evropa Ligasi 2-turidan o'rin olgan AZga qarshi bahsda “Manchester Yunayted” durang natija qayd etdi.
Bu bilan Sulsher jamoasi ketma-ket 10 ta safar o'yinida g'alaba qozona olmadi. “Qizil iblislar” bu bahslarning 6 tasida mag'lub bo'lgan, 4 tasida esa durang qayd etgan. Bu esa klubning 1989 yildan beri qayd etgan yomon natijasi. O'shanda MYU 11 ta safar o'yinida g'alaba qozona olmagandi.
Malumot uchun, MYU so'nggi bor safarda PSJni 3:1 hisobida mag'lub etgan edi. Ushbu bahs 2019 yilning martida Evropa CHempionlar ligasi doirasida o'tkazilgandi.
Havola :
Fikrlar