18 jan 12:44
Yangiliklar
Futbol
Manjukich "Milan" bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga keldi
"Bavariya", "Atletiko" va "Yuventus" sobiq hujumchisi Mario Manjukich "Milan"ga o'tadi.
34 yoshli hujumchi "rossonerilar" bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga keldi. Bugun, 18 yanvar kuni forvard tibbiy ko'rikdan o'tadi va klub bilan shartnoma imzolaydi.
Manjukich ayni damda erkin agent maqomida, uning so'nggi klubi "Al Duhayl" (Qatar) bo'lgan edi. Mario bu jamoa safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
Havola :
Fikrlar