So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

02 mar 11:05
Yangiliklar

Boshqalar

Maqsad-manziliga intilgan hamda bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan ustoz!

Jismoniy tarbiya va sportni yoshlar orasida keng ommalashishida, xususan milliy sport turlarimizdan sanalgan belbog'li kurashni rivojlantirishda Namangan viloyatining Uychi tumani polvonlari, jonkuyar murabbiylarining ham alohida o'rini bor.

Uychi tuman 1-son bolalar-o'smirlar sport maktabidagi sport turlari qatoridan belbog'li kurash ham mustahkam o'rin olgan bo'lib, mazkur sport turidan 172 nafar o'g'il-qizlar mahoratini oshirib kelmoqda. Tajribali va jonkuyar murabbiy Baxtiyor Turg'unpo'latovning guruhida mashg'ulotlarga zo'r berayotgan 36 nafar sportchi-o'quvchilarning ko'pchiligi chempion va sovrindorlar sanalishadi. 

2006 yildan buyon belbog'li kurash bo'yicha yoshlarga ustozlik qilib kelayotgan B.Turg'unpo'latov ustozi Nematjon To'ychievdan o'rgangan belbog'li kurash sirlarini bugun o'z shogirdlariga zo'r ishtiyoq bilan o'rgatishi natijasida yuz ellik nafardan ziyod shogirdlari O'zbekiston chempionatlarining oltin va kumush medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishgan. Yigirmaga yaqin shogirdlari Osiyo va jahon chempionatlari g'olib va sovrindorlari sanaladi. 

Asadbek Mamataliev, Jamoliddin Nematullaev, Akramjon Maxamataliev, aka-uka Hasan va Husan O'rayimov, Gulnora Nurmamatova singari iqtidorli shogirdlaridan bugun ustozning umidi katta. SHogirdlari orasida Zebo Nosirova 2018 yil dekabr oyida Rossiyaning Qozon shahridagi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida birinchi o'rinni egallagan, o'tgan yili avgust oyida Olmaliq shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida (48 kg.da) Moxigul Ibragimova ham oltin medalga sazavor bo'lgan.  

SHuningdek, Abdulahat Nosirov 57 kg. da ikkinchi, Durdona Mirzamahmudova 70 kg. da uchinchi o'rinni band etishgan. Bundan tashqari Murodjon Hamidov, Sarvar To'xtasinov, Abduqahhor Ahmadjonov, Anvar Qutbiddinov, Muxtor Ahmadjonov, Hilola Nosirova, Zilola Xabibullaeva, O'g'ilxon Ahmedova, Gavxaroy Mirzamahmudova kabi shogirdlari ham jahon chempionatlarida kuchli uchlikdan joy olishgan.  

“Xalq talimi alochisi”, belbog'li kurash bo'yicha oliy toifali murabbiy, milliy toifadagi hakam Baxtiyor Turg'unpo'latov esini taniganidan beri belbog'li kurashga oshno. Bir paytlar kurash davralarida hayqirib kurash tushgan, ko'p bor g'oliblikni tantana qilgan, raqiblariga qo'llagan usullari belbog'li kurashga bezak bo'lguday yarashganini ko'pchilik muxlislar yaxshi eslashadi.

Baxtiyor polvonning otasi Yusufjon Qodirov ham yoshlik chog'larida erkin kurash bilan shug'ullanib, respublika va xalqaro musobaqalarda ko'p bor sovrinlarni qo'lga kiritganini ko'pchilik yaxshi eslaydi. Keyinchalik shu sport turidan yoshlarga ustozlik ham qilgan. Hozirda Uychi tumanidagi 26-sonli umumiy o'rta talim maktabida jismoniy tarbiya o'qituvchisi sifatida faoliyat ko'rsatmoqda. 

Milliy belbog'li kurashni nafaqat mamlakatimizda keng ommalashishi, balki Osiyo va jahon miqyosidagi sport o'yinlarida ham doim belbog'li kurash so'zi yangrashini, shogirdlari xalqaro musobaqalarda birinchi bo'lib, YURTni ulug'lashi Baxtiyor polvonning maqsad-muddaosi sanaladi.

Darvoqe, umrini sportga bag'ishlagan Baxtiyor Turg'unpo'latov 1987 yil 2 martda Uychi tumanida tug'ilgan. Demak, bugun uning tug'ilgan kuni. Tabriklaymiz. Maqsad manzillariga etishida biz ham tilakdoshmiz!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing