10 may 06:25
Yangiliklar
Futbol

Maradonaning tashabbusi bilan 90 kg egulik yig'ildi
Futbol afsonasi Diego Armando Maradona koronavirusga qarshi kurashga o'z hissasini qo'sha boshladi.
Argentina terma jamoasi afsonasi Diego Maradona mamlakatning koronavirusga qarshi kurashda yordamga muhtoj mintaqasida istiqomat qiluvchi aholiga yordam qo'lini cho'zishga qaror qildi. Maradona o'zining imzosi tushirilgan 1986 yilgi mundialda kiygan libosini ehson qildi.
Uning tashabbusi tufayli hozircha 90 kilogramm ozuqa, tibbiyot niqoblari va antiseptik vositalar yig'ildi. Dastlab, futbolkani kim oshdi savdosiga qo'yilishi rejalashtirilgandi, ammo endi u tashabbusni qo'llab-quvvatlaganlar orasida o'ynaladi.
Havola :
Fikrlar