24 avg 12:47
Yangiliklar
Maradona "Xudoning qo'li" bilan gol urgan to'p aukcionda daxshatli summaga sotildi
Lot 3,35 million dollarga sotildi, bu esa tashkilotchilarning dastlabki baholashidan ancha past bo'lib chiqdi — ular buning uchun 10 million dollar olishni rejalashtirishgan edi. Savdolar shanba kuni 2,5 million dollardan boshlandi. Taqqoslash uchun, Maradonaning o'sha o'yindagi libosi 2022 yilda "Sotheby's" aukcionida deyarli 9,3 million dollarga sotilgan edi. Bundan tashqari, ushbu to'p hatto tarixdagi eng qimmat sport to'piga ham aylana olmad.
To'pning alohida maqomi uning janjalli tarixi bilan bog'liq: Maradona birinchi golni VAR tizimi yo'qligi sababli hakam tomonidan payqalmay qolgan qo'li bilan urdi, ikkinchisini esa bir necha daqiqadan so'ng qoidalar bo'yicha maydonning yarmini to'p bilan bosib o'tib va besh nafar raqibni aldab o'tib urdi hamda jamoasiga 2:1 hisobida g'alaba qozonishga yordam berdi. Oqibatda Argentina terma jamoasi o'sha jahon chempionatida g'olib chiqdi.

Fikrlar