17 iyu 11:26
Yangiliklar
Futbol
Maradonaning JCH-1986dagi sardorlik bog'ichi yaxshigina summaga sotildi
Savdoni "Sotheby's" aukcion uyi tashkillashtirdi.
Afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradonaning 1986 yilgi jahon chempionatida taqqan sardorlik bog'ichi kim oshdi savdosida 512 ming dollarga sotildi.
Ushbu tarixiy lot jahon birinchiligining 1/4 finali doirasidagi Angliyaga qarshi bahs (Argentinaning 2:1 hisobidagi g'alabasi) bilan bog'liq. O'sha uchrashuvda Maradona ikkita gol urgan bo'lib, ulardan biri futbol tarixiga "Xudoning qo'li" nomi bilan kirgan, chunki to'p darvozaga qo'l bilan yo'llangan edi. Aynan shu vaziyat jahon chempionatlari tarixidagi eng mashhur epizodlardan biri hisoblanadi.

Havola :
Fikrlar