19 apr 14:15
Yangiliklar
Tennis
Marin CHilich "Masters"dagi ilk uchrashuvida g'alaba qozondi
Dunyoning uchinchi raketkasi Marin CHilich Monte-Karlodagi "Masters" turniridagi ilk uchrashuvini o'tkazdi.
Xorvatiyalik tennischi ikkinchi davrada ispaniyalik Fernando Verdaskoga qarshi bahs o'tkazdi.
1 soat 33 daqiqa davom etgan o'yinda CHilich raqibini 6:3, 7:6 hisoblarida mag'lub etdi va uchinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Endi u navbatdagi o'yinini kanadalik Milosh Raonichga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar