05 may 07:06
Yangiliklar
Tennis
Mariya Rabotda ilk sovrinini qo'lga kiritdi
Dunyoning 51-raketkasi Mariya Sakkari Marokashning Rabot shahrida yakunlangan tennis turnirining g'olibasiga aylandi.
Greciyalik tennischi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning 47-pog'onasidan joy olgan britaniyalik Yoxanna Kontaga qarshi kortga chiqdi. Uch daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda Sakkari raqibasini taslim etdi - 2/6, 6/4, 6/1.
Ikki tennischi o'zaro rasmiy uchrashuvlarda ikki bor to'qnash kelishgan - 1:1. Rabotdagi muvaffaqiyatli ishtirok Mariya uchun faoliyatidagi birinchi sovrin bo'ldi. Sakkari 43 000 AQSH dollari mukofot puli hamda 280 reyting ochkosiga ega chiqdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar