01 jan 14:47
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/25875_220.jpg)
Mariya SHarapova 2018 yilgi mavsumni g'alaba bilan boshladi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova 2018 yilgi mavsumni g'alaba bilan boshladi.
SHarapova Xitoyning SHenchjen shahri mezbonlik qilayotgan WTA International turnirida ishtirok etyapti. 30 yoshli tennischi ilk davrada ruminiyalik Mixaela Buzerneskuga qarshi kortga chiqdi. Masha WTA reytinigda 60, Buzernesku esa 59-o'rinni egallab turibdi.
Bir soatu 22 daqiqa davom etgan bahsda Mariya
raqibasini 6:3, 6:0 hisobida mag'lub etdi. SHarapovaning ikkinchi davradagi
raqibasi amerikalik Elison Riske bo'ladi. Riske xitoylik Van Cyandan 7:5, 6:0
hisobida ustun keldi.
Havola :
Fikrlar