01 avg 16:05
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapova: “Barchangizni bag'rimga bosishni xohlayman”
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova (WC) AQSHning Stenford shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagan edi.
Musobaqaning asosiy to'r bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan SHarapova ilk davrada amerikalik Jennifer Breydini 6:1, 4:6, 6:0 hisobida mag'lub etgandi. Uchrashuvdan so'ng u o'z fikrini bayon qildi.
“Hozir men shunchaki barchangizni bag'rimga bosgim kelyapti. Bugun meni qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Katta tanaffusdan so'ng AQSH kortlarida harakat qilish men uchun sharaf”, - dedi SHarapova.
Malumot uchun, rossiyalik tennis yulduzi turnirning ikkinchi bosqichida ettinchi raqam ostida harakat qilayotgan ukrainalik Lesya Curenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar