13 avg 15:16
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapova Cincinnatidagi turnirda ishtirok etmaydi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova AQSHning Cincinnati shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok eta olmasligini malum qildi.
Bunga SHarapovaning jarohati sabab bo'lmoqda. Mariyaning elkasidagi jarohati bezovta qila boshlagan. Rossiyalik tennischi bu jarohatini Stenford turnirida orttirib olgandi. SHarapova juma kuni Cincinattiga etib kelgan edi.
“Afsuski, shifokorning tavsiyasiga ko'ra turnirda qatnasha olmayman. Balki bu yaxshilikkadir. Hozir bor etiborimni US Open turniriga qaratganman.
Fursatdan foydalanib, menga wild card, yani asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etganliklari uchun Cincinatti turniri tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman”, – dedi SHarapova.
Havola :
Fikrlar