19 apr 14:50
Yangiliklar

Mariya SHarapova: Hali tayyor emasman
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova jarohati haqida fikr bildirdi.
“Afsuski, SHtutgartdagi turnirda ishtirok eta olmayman. Fursatdan foydalanib, Germaniyadagi muxlislarimdan uzr so'rayman. Qayta tiklanishim yaxshi kechmoqda, lekin men qachon to'lik kuch bilan mashg'ulot o'tkaza olishimni bilmayman”, - dedi SHarapova.
Eslatib o'tamiz, Mariya SHarapova bu mavsumda uchta turnirda ishtirok etdi. Ana shu musobaqalarning ikkitasini aynan jarohat tufayli yakuniga etkaza olmadi.
Havola :
Fikrlar