06 avg 15:28
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapova: Menga shunchaki vaqt kerak
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova Torontodagi turnirning ilk davrasidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Katta tanaffusdan so'ng kortga qaytgan SHarapova estoniyalik Anett Kontaveytga uch setlik uchrashuv yakunida yutqazib qo'ygan edi.
"Avvalgi sport formamga qaytish uchun mashg'ulotlarda astoydil ishlayapman. Keyin o'zimga bo'lgan ishonchni qaytarib olishim kerak. Hozircha ishlar o'zim o'ylaganchalik darajada emas. Lekin vaqt o'tishi bilan hammasi joyiga tushadi. Menga shunchaki vaqt kerak", - deya SHarapovaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda WTA rasmiy sayti.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar