27 apr 13:27
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapova: "Qaytish muvaffaqiyatli bo'lganidan xursandman"
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova diskvalifikaciyadan keyin o'tkazgan ilk o'yinida g'alaba qozondi.
Bahsdan so'ng tennischi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Qaytishim muvaffaqiyatli bo'lishini juda istagandim. So'nggi marotaba elkamdagi jarohatimni davolab kortga qaytganimda shunday hislarni o'tkazgandim. O'shanda qo'limga raketka olmagan bo'lsamda, mashg'ulotlarni to'xtatmagandim. So'nggi 15 oy ichida ko'p narsani o'rgandim. Ayni paytda men uchun geym, set, matchlarni yutish muhim. SHtutgartda imkon qadar uzoqqa borishga harakat qilaman", - deydi tennischi.
Eslatib o'tamiz, Mariya ushbu turnirning ilk davrasida italiyalik Roberta Vinchini 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar