03 okt 16:19
Yangiliklar

Mariya SHarapova “rus derbisi”da g'alabaga erishdi
Sovrin jamg'armasi 6,38 million dollarni tashkil qiluvchi musobaqada Mariya SHarapova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Rossiyalik tennis malikasining kichik jarohatdan so'ng yana kortga qaytganligi etiborga molik holat.
Dunyo reytingida 104-o'rinni egallab turgan SHarapova ilk davrada dunyoning 18-raketkasi latviyalik Anastasiya Sevastovani 7:6(3), 5:7, 7:6(7) hisobida mag'lub etgandi. Bugun u ikkinchi bosqichda hamyurti Ekaterina Makarovaga qarshi kortga chiqdi.
Ekaterina WTA reytingida 35-o'rindan joy olgan. Ikki soatu 12 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mariya 8 ta eys zarbasi evaziga Makarovani 6:4, 4:6, 6:1 hisobida taslim etdi. Endi u nimchorak finalda turnirning ikkinchi raketkasi ruminiyalik Simona Xalep bilan to'qnash keladi.
Fikrlar