12 avg 11:40
Yangiliklar

Mariya SHarapova: “Serena bilan do'st bo'lib qolishimiz mumkin edi, lekin...”
Jumladan, u kitobdan joy olgan Serena Uilyams bilan munosabatlariga doir bobga ham alohida to'xtalib o'tdi.
“Biz Serena bilan do'st bo'lib qolishimiz mumkin edi. CHunki, bizni umumiy birlashtirib turadigan jihatlarimiz ko'p bo'lgan. Lekin amalda bunday bo'lib chiqmadi.
Serena Uimbldon-2004 finalidan so'ng meni quchoqlab bir kuldida “Yaxshi ish”, dedi. Ammo, ishonchim komil, u chin dildan kulmagandi. Uning qalbida xasad bor edi. Bunga men kiyinish xonasi yonidan o'tayotganda amin bo'ldim. U ovozining boricha baqirib yig'lardi.
Ha, o'zaro uchrashuvlarimizda yaqqol ustunlik Uilyams tomonida 21:2!!! Ko'pchilik mendan shu narsani so'raydi. Ularga kiyinish xonasidagi holatni javob sifatida aytaman. Aynan Uimbldon-2004 finalidan so'ng u meni yomon ko'rib qolgan”, - dedi SHarapova.
Fikrlar