04 avg 10:35
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapova Toronto turnirida ishtirok etmaydi
Rossiyalik tennischi Mariya SHarapova Kanadaning Toronto shahri mezbonlik qiladigan turnirda ishtirok etmaydigan bo'ldi.
SHarapova jarohati sabab Rogers Cup turnirini o'tkazib yuborishga majbur. Aynan shu sabab rossiyalik tennis malikasi Torontoga bormaslikni lozim topdi. Ushbu turnirning asosiy to'r bahslari kelayotgan dushanba kuni boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, ikki
kun avval Mariya chap qo'lidagi jarohat qayta bezovta qilgani uchun AQSHning Stenford
shahrida mezbonlik qilayotgan turnirning ikkinchi davrasidagi uchrashuvini o'tkaza
olmagan edi. Endi SHarapovaning o'rnini kanadalik 17 yoshli Byanka Andreesku
egallaydi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar