29 avg 09:15
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapova “US Open” dunyoning ikkinchi raketkasi mag'lub etdi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatini chiroyli g'alaba bilan boshladi.
Dunyo reytingida 146-o'rinni egallab turgan SHarapova US Open turnirining asosiy to'riga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan edi. U birinchi davrada dunyoning ikkinchi raketkasi, ruminiyalik Simona Xalepga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 42 daqiqa davom etgan uchrashuvda SHarapova kuchli raqibasini 6:4, 4:6, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi Masha ikkinchi davrada vengriyalik Timea Baboshga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar