02 sen 14:14
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapova US Open turniri 1/8 finaliga chiqdi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova AQSHda davom etayotgan US Open turnirining nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHarapova "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi yilning so'nggi musobaqasi uchinchi davrasida amerikalik Sofiya Keninga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda Masha asli kelib chiqishi bo'lgan rossiyalik tennischini 7:5, 6:2 hisobida mag'lub etdi.
Mariya 8 ta eys zarbani amalga oshirdi. SHarapovaning 1/8 finaldagi raqibasi latviyalik Anastasiya Sevastova bo'ladi. Sevastova uchinchi bosqichda xorvatiyalik Donna Vekichdan ustun keldi.
Havola :
Fikrlar