04 mar 09:13
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapova World Team Tennis sardori bo'ldi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapova Amerika professional ligasi (World Team Tennis)ning 45-mavsumi ochilishida ishtirok etdi.
Kuni kecha professional tennischilik faoliyatini yakunlagan SHarapova barcha yulduzlar uchrashuvida jamoa sardori bo'ldi. Mariyaning jamoasidan Monika Pyuig, Koko Vandevege, Rayan Xarrison va Mardi Fish joy olishdi.
SHarapovaning jamoasi Medison Kiz, Teylor Taunsend, Sem Kuerri va Jeyms Bleykdan tarkib topgan aka-uka Brayanlarning jamoasiga 13:22 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi rossiyalik tennischi 28 va 29 iyul kunlari o'tkaziladigan shunday uchrashuvda Orange County Breakers jamoasi sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar