17 may 11:15
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapovaga “Rolan Garros” uchun wild-card berishmadi
Mariya SHarapova mavsumning eng asosiy grunt turniri - “Rolan Garros”da ishtirok etmaydi.
Musobaqa tashkilotchilari rossiyalik tennis yulduziga wild-card, yani turnirning asosiy to'rida qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanmani berishmadi.
Tashkilotchilar SHarapovaga xatto turnirning kvalifikaciya, yani saralash bahslari uchun ham bunday imkoniyatni taqdim etishmadi.
SHu tariqa, Mariya “Rolan Garros” turnirida qatnashmaydi. Avvalroq, SHarapovaga SHtuttgart, Madrid va Rimdagi turnir tashkilotchilari wild-card yo'llanmasini taqdim etishgan edi.
Takidlash joiz, 30 yoshli Mariya SHarapova Franciya Ochiq chempionatida ikki bor – 2012 va 2014 yillarda bosh mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar