19 may 09:30
Yangiliklar
Tennis

Mariya SHarapovaga “Uimbldon” uchun ham wild-card berishmadi
Rossiyalik tennis malikasi Mariya SHarapovaga “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirining asosiy to'r bahslarida imtiyozli ravishda qatnashish huquqini beruvchi wild-card chiptasini taqdim etishmadi.
Sobiq mashhur britaniyalik tennischi Tim Xenmen rahbarlik qilayotgan turnirning tashkiliy qo'mitasi SHarapovaga imtiyoz bermadi.
Endi SHarapova turnirning saralash musobaqasi orqali asosiy to'rga chiqish uchun urinib ko'radi. Bir muddat avvad “Rolan Garros” turniri tashkilotchilari ham Mariyaga bu imtiyozni berishmagan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar