So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

28 fev 15:37
Yangiliklar

Tennis

Mariya SHarapovaning faoliyatiga bir nazar + FOTOGALEREYA

Tennis malikasi Mariya SHarapova faoliyatini yakunladi.

U faoliyati davomida millionlab muxlislar orttirdi. Hozir SHarapovaning faoliyatiga bir nazar solamiz.

“Uimbldon”-2004

17 yoshli Mariya finalda tennis yulduzi Serena Uilyamsni «yanchib» tashlagandi. Bu SHarapovaning ilk «Ulkan toj» sovrini bo'lgandi.


US Open-2006

Mariya US Open - 2006 turnirida ikkinchi «Katta dubulg'a» sovrinini yutib olishga erishdi. U chempionlik yo'lida o'sha vaqtning dunyoning birinchi va ikkinchi raqamli tennischilari — Ameli Moresmo va Jyustin Enenni mag'lub etishni uddaladi.


Australian Open-2008

2008 yilgi Avstraliyadagi musobaqada u hech kimga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Turnir davomida bitta ham setni boy bermadi. CHempionlik yo'lida uchta top besh vakilalarini taslim etishni uddaladi.


“Rolan Garros”dagi dubl              

Mariya faoliyatining boshida juda ko'p bor qumli kortlar u uchun emasligini, bunday kortlar unga ancha qiyinchilik tug'dirishini takidlagan. Lekin aynan shu musobaqada SHarapova ikki marta bosh sovringa ega chiqqan.

 

Umumiy sovrinlar

Mariya SHarapova umumiy hisobda 35 marta WTA musobaqalarida zafar quchgan. Faoliyatini yakunlamaganlar orasida bu to'rtinchi ko'rsatkich hisoblanadi.


Jarohatlar

Mariya SHarapova 2008 yildan buyon jarohatlar bilan harakat qiladi. O'shanda u ilk bor elkasi sababli jarrohlik stoliga yotdi. Ilk operaciyadan so'ng SHarapovaning elkasidagi og'riq to'liq faoliyati davomida taqib qilib keldi.

U doim Rossiya uchun

Mariya hayotining katta qismini AQSHda o'tkazdi. Tennisga ilk qadamidan tortib, faoliyatini boshini ham okeanortida o'tkazdi. Unga juda ko'p bor fuqarolikni almashtirishni taklif qildi. Lekin... U Rossiyani sevdi, uning uchun Rossiya ona vatan bo'lib qolaverdi. SHarapova Rossiya terma jamoasi tarkibida London-2012 olimpiya o'yinlarida ishtirok etdi va yakkalik bahslarida kumush medalni qo'lga kiritdi.


Go'zallik

No Comment!





Reyting: +1   

Fikrlar

   
29 fev 17:45:51
Nozimjon Umatillayev
Juda goʻzal
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing