30 apr 07:50
Yangiliklar
Tennis
Mariya SHarapovaning yurishi final ostonasida to'xtadi
Germaniyaning SHtutgart shahrida o'tkazilayotgan nufuzli tennis turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Porshe Tennis Grand Prix turnirining yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Diskvalifikaciya sabab bir yarim yil mobaynida katta tennisdan yiroqda bo'lgan Mariya SHarapovaning yurishi final ostonasida to'xtadi.
Rossiyalik tennis malikasining yarim finaldagi raqibasi franciyalik Kristina Mladenovich bo'ldi. Ikki soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda dunyoning 19-raketkasi bo'lgan Mladenovich 3:6, 7:5, 6:4 hisobida zafar quchdi.
1/2 FINAL:
Kristina Mladenovich (Franciya) – Mariya SHarapova (Rossiya) – 3:6, 7:5, 6:4
Laura Zigemund (Germaniya) – Simona Xalep (Ruminiya, 4) – 6:4, 7:5
Havola :
Fikrlar