05 mar 08:25
Yangiliklar
Tennis

Marrey Dubayda faoliyatidagi 45-sovrinini qo'lga kiritdi
Dunyoning birinchi raketkasi Endi Marrey BAAning Dubay shahrida yakunlangan nufuzli turnir g'olibiga aylandi.
Britaniyalik tennischi ATP 500 seriyasidagi ushbu turnirning hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Fernando Verdasko bilan to'qnash keldi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Bir soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda Marrey 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi. Bu Endining faoliyatidagi 45-sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar