25 noy 07:31
Yangiliklar
Tennis

Endi Marrey Australian Open yakuniga qadar Novak Jokovichga ustozlik qiladi
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi britaniyalik Endi Marrey serbiyalik tennischi Novak Jokovichning yangi murabbiyiga aylandi.
Bu haqda jahon reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan 37 yoshli serb X ijtimoiy tarmog'ida malum qildi.
Marrey ushbu mavsum "Uimbldon"dan keyin faoliyatini yakunlagandi. 37 yoshli britaniyalik Jokovich bilan mavsum oralig'ida va hech bo'lmaganda Australian Open yakuniga qadar ishlaydi.
"Novak jamoasiga mavsum oldidan qo'shilaman va unga Australian Open'ga tayyorgarlik ko'rishda yordam beraman. Men hayajondaman va Novak bilan to'rning bir tomonida turib, unga maqsadlariga erishishda ko'maklashishni intiqlik bilan kutaman", dedi Marrey.
Havola :
Manba : t.me/uzeksport
Fikrlar