12 apr 16:34
Yangiliklar
Tennis

Marrey Monte-Karlodagi turnirda o'ynay olishiga umid qilmoqda
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Endi Marrey ko'rgazmali o'yinda Federerga 3:6, 6:7 hisoblarida yutqazib qo'ydi.
Ushbu o'yindan so'ng sportchi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu men uchun so'nggi 5-6 hafta ichidagi ilk o'yin edi. Rojerga qarshi o'yin ajoyib o'tdi. Monte-Karloda bir haftadan so'ng turnir boshlanadi. Tiklanish jarayoni shu tempda ketadigan bo'lsa u erda o'ynay olaman. Aksincha bo'lsa, kutib turishim kerak bo'ladi. O'ynashga harakat qilaman, lekin, shoshilmasligim lozim", - deydi Marrey.
Havola :
Manba : TennisUa
Fikrlar