17 okt 06:50
Yangiliklar
Tennis

Marrey SHanxayda 41-tituli va 1.043 mln. dollarni qo'lga kiritdi
Xitoyning SHanxay shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha nufuzli “Masters” turniri Endi Marreyning g'alabasi bilan yakunlandi.
Britaniyalik raketka ustasi hal qiluvchi final uchrashuvida ispaniyalik Roberto Bautista-Agutga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 39 daqiqa davom etgan bahsda Marrey raqibini 7:6(1), 6:1 hisobida taslim etdi.
Bu Endi uchun faoliyatidagi 41-titul bo'ldi. SHanxaydagi muvaffaqiyat Marreyga 1000 reyting ochkosi hamda 1.043 mln. dollar mukofot pulini taqdim etdi.
SHanxay. Final
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) – Roberto Bautista (Ispaniya, 19) 7:6 (1), 6:1
Havola :
Fikrlar