10 iyu 21:28
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1142_220.jpg)
Marrey – Uimbldon turnirining ikki karra g'olibi!
Britaniyalik tennischi Endi Marrey ikki hafta davomida London shahrida o'tkazilgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining g'olibiga aylandi.
Sayyoramizning ikkinchi raketkasi faoliyatidagi ikkinchi bor Uimbldon turnirida bosh mukofotga ega chiqdi. Hozirgina yakuniga etgan final bahsida u dunyoning oltinchi raqamli ishtirokchisi kanadalik Milosh Raonichdan 6:4, 7:6 (7:3), 7:6 (7:2) hisobida ustun keldi.
Final bahsi 2 soatu 47 daqiqa davom etdi. Marrey 7, Raonich esa 8ta eys zarbani amalga oshirdi. Bugungi titul Marrey uchun joriy mavsumdagi uchinchi, faoliyatidagi 38-sovrin bo'ldi.
Havola :
Fikrlar