09 iyu 08:50
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/1053_220.jpg)
Marrey Uimbldon turnirining ikkinchi finalchisi!
Londonda yakuniga etib borayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o'rtasidagi yakkalik bahslarida ikkinchi finalchining nomi ham malum bo'ldi.
Musobaqa mezboni britaniyalik Endi Marrey finalning ikkinchi chiptasini qo'lga kiritdi. U yarim final uchrashuvida chexiyalik Tomash Berdixdan ustun ekanligini amalda isbotladi. Uchchala set ham bir xil 6:3 hisobida Marreyning foydasiga hal bo'ldi.
Endi Endi hal qiluvchi final uchrashuvida kanadalik Milosh Raonichga qarshi kortga chiqadi. Raonich yarim finalda musobaqa g'olibligi uchun asosiy davogar shveycariyalik Rojer Federerni taslim etgan edi.
1/2 FINAL:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Tomash Berdix (CHexiya, 10) – 6:3, 6:3 6:3
Havola :
Fikrlar