17 iyu 14:30
Yangiliklar
Tennis

Marrey va Xingis mikstda “Uimbldon” chempionlari
SHveycariyalik tennis yulduzi Martina Xingis hamda britaniyalik Jeyms Marrey Uimbldon turnirining mikst, yani aralash juftlik musobaqasida bosh sovrini qo'lga kiritishdi.
Ular hal qiluvchi final uchrashuvida finlyandiyalik Xenri Kontinen hamda britaniyalik Xizer Uoston juftligiga qarshi kortga chiqishdi.
Bir soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Xingis va Marrey 6:4, 6:4 hisobida zafar quchishdi. Ushbu muvaffaqiyatli ishtirok tennischilarga 100 000 funt sterling keltirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar