07 noy 08:00
Yangiliklar
Tennis

Marrey - yilning so'nggi “Masters” turniri g'olibi!
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha joriy mavsumning so'nggi “Masters” turniri yakunlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Endi Marrey amerikalik Jon Iznerga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda turnirning birinchi raketkasi bo'lgan Marrey g'alaba qozondi.
Uch set davom etgan bahsda Endi 6:3, 6:7(4), 6:4 hisobida zafar quchdi. Bu Marreyning to'rtinchi tituli bo'ldi. Parijdagi g'alaba britaniyalik tennischiga 1000 reyting ochkosi hamda 831 ming dollar sovrin jamg'armasini ham tasliq etdi.
Eng muhimi, u dunyo reytingida serbiyalik Novak Jovokichni ortda qoldirib, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
FINAL:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 2) – Jon Izner (AQSH) – 6:3, 6:7 (4), 6:4
Havola :
Fikrlar