04 may 08:15
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/38022_220.jpg)
“Marsel” 14 yil deganda finalda o'ynaydi
Franciyaning “Marsel” jamoasi qo'shimcha daqiqalarda “Red Bull Zalcburg” darvozasiga gol kiritib, ikki o'yin natijasiga ko'ra, Evropa Ligasining finaliga chiqdi.
Franciya jamoasi uchun bu 2004 yildan beri Evrokuboklardagi uchinchi final bo'ladi. “Marsel” bundan oldingi har ikki final o'yinida ham mag'lubiyatga uchragan edi.
SHuningdek, “Marsel” Franciya tarixida CHempionlar Ligasini qo'lga kiritgan yagona jamoa hisoblanadi. Marselliklar 1992/1993 yilgi mavsumda “Milan”ni 1:0 hisobida mag'lub etishgan.
Oxirgi bor Franciya jamoalari Evrokubok finalida 2003/2004 yil qatnashgan edi. O'shanda “Marsel” UEFA kubogida “Valensiya”dan mag'lubiyat qabul qilib olgan.
Havola :
Fikrlar