21 may 11:01
Yangiliklar
Tennis
“Masters” turnirlarining 16 yillik rekordi yangilandi
Joriy mavsumning payni paytga qadar o'tkazilgan beshta “Masters” turnirida besh nafar tennischi bosh sovringa ega chiqdi.
Bunday holat “Masters”lar tarixida 2003 yildan buyon ilk marotaba sodir bo'ldi. Indian-Uells “Masters”ida Dominik Tim, Mayamida Rojer Federer, Monte-Karloda Fabio Fonini, Madridda Novak Jokovich, Rimda esa Rafael Nadal bosh sovrin sohibiga aylangandi.
Bundan 16 yil avval esa Indian-Uellsda Lleytom Xyuitt, Mayamida Andre Agassi, Monte-Karloda Xuan-Karlos Ferrero, Rimda Felipe Mantilya, Gamburgda Gilermo Koriya chempion bo'lgan edi. Qolgan yillarda esa bir tennischi kamida ikkita turnirda tengsiz bo'lib kelgan.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar