13 dek 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA, Muaytay
Mavlud Tupiev (Tifiev) ONE Championship bilan shartnoma imzoladi
Singapurning ONE Championship promousheni bilan shartnoma imzolagan o'zbekistonliklar soni ikki nafarga etdi.
Taniqli aralash yakkakurash ustamiz Mavlud Tifiev ham endi ushbu tashkilot bayrog'i ostida jang o'tkazadi. Mazkur tashkilot nafaqat MMA, balki boshqa yakkakurash turlari, xususan muaytay bo'yicha ham turnirlar tashkil etib keladi. Mavlud aynan professional muaytay va K-1 yo'nalishlarida o'z janglarini o'tkazgan.
SHartnomaga muvofiq Tifiev ilk jangida tailandlik ko'zga ko'ringan muaytaychi Muangtay Senchay bilan to'qnash keladi. Vatadoshimiz oxirgi jangini 5 noyabr kuni Germaniyada MMA bo'yicha debyut qilgan va unda mezbonlar vakili Vitaliy Yakovenkoni muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratgandi. Ushbu g'alaba unga IFC chempionlik kamarini taqdim etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar