01 apr 16:24
Yangiliklar
Tennis
Mayami. 20 yoshli Iga Svyontek "Masters" finaliga chiqdi
Mayami "Masters"ining ayollar o'rtasidagi bahslarida final chiptasi egalari malum.
Jahonning ikkinchi raketkasi polshalik Iga Svyontek turnirning yarim finalida WTA reytingida 21-o'rinni egallab turgan amerikalik Jessika Pegulani 6/2, 7/5 hisobida mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.
1 soatu 50 daqiqa davom etgan uchrashuvda 20 yoshli Svyontek uchta eysni amalga oshirib, to'pni o'yinga kiritishda ikki marta xatoga yo'l qo'ydi va oltita breyk-poyntni qayd etdi, 28 yoshli Pegula esa bitta eys zarbasini amalga oshirib, ikki bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi va uchta breykdan unumli foydalandi. Sportchilarning o'zaro uchrashuvlarida hisob tenglashdi, 1:1.
Miami Open musobaqasi finalida Svyontek yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar